Улыўма мағлыўматлар

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda – Boshqarma) maqomini, asosiy vazifalarini, funksiyalarini, huquqlari va majburiyatlarini belgilaydi.
  2. Boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining qarorlari, buyruq va ko‘rsatmalariga, shuningdek, ushbu nizomga amal qiladi.
  3. Boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasiga (keyingi o‘rinlarda – Qo‘mita) bo‘ysunadi va hisobot beradi.
  4. Qo‘mitaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi yuridik shaxs hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va davlat tilida o‘z nomi yozilgan muhriga va blankalariga, mustaqil balansiga, Moliya vazirligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
  5. Boshqarmaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shu jumladan fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
  6. Boshqarmaning rasmiy nomi:
  7. a) o’zbek tilida:

to‘liq nomi: – Qoraqalpog’iston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi; qisqartirilgan nomi: – QR Sanepidboshqarma;

  1. b) qoraqalpoq tilida:

to‘liq nomi: – Qaraqalpaqstan Respublikası sanitariya-epidemiologiyalıq tınıshlıq hám jámiyet salamatlıg’ı basqarması; qisqartirilgan nomi: – QR Sanepidbasqarma;

  1. c) rus tilida:

to‘liq nomi: – Управление санитарно-эпидемиологического благополучия и общественного здоровья Республики Каракалпакстан; qisqartirilgan nomi — Санэпидуправление РК.

  1. Boshqarmaning joylashgan manzili (pochta manzili): Qoraqalpog’iston Respublikasi Nukus shaxri, Xo’jayli Guzori 58a uy

    2-bob. Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari 2.1 Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi: aholining sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi sohasida hududiy davlat boshqaruvi organlari, korxona va tashkilotlarning faoliyatini samarali muvofiqlashtirish va ular bilan hamkorlik qilishni ta’minlash; yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amaldagi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (SanQvaN) rioya qilinishi bo‘yicha belgilangan tartibda tekshirishlar o‘tkazish va sanitariya-epidemiologiya sohasida qonun buzilishlar bo‘yicha belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlik choralarini qo‘llash; oziq-ovqat xom ash’yosi va iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va sotish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ob’ektlar faoliyatida asoslangan me’yor va standartlar talablariga rioya qilinishi ustidan tasdiqlangan metodologiyalar asosida nazorat olib borish va muvofiqlashtirish; xizmatlar ko‘rsatish va mahsulotlar ishlab chiqarish xavfsizligiga qo‘yiladigan sohaga oid majburiy talablar bo‘yicha maxsus ekspertizalar o‘tkazish; yuqumli, parazitar, shuningdek yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning yuzaga kelishi va tarqalishini oldini olishga qaratilgan epidemiyaga qarshi va sanitariya-gigiyenik tadbirlarni tashkillashtirish va amalga oshirish; sanitariya-gigiyena, radiatsion va fizik omillar, bakteriologiya, virusologiya, parazitologiya hamda o‘ta xavfli kasalliklar laboratoriyalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish; inson salomatligiga ta’sir etuvchi xavfli omillar bo‘yicha tizimli monitoringlarni tashkil qilish, amalga oshirish, tahlil qilish va tegishli hisobotlar yuritish; yuqumli va parazitar kasalliklarning yuzaga kelishi va tarqalishini oldini olishga qaratilgan o‘choqli dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya tadbirlari o‘tkazilishini tashkil qilish, amalga oshirish va muvofiqlashtirish; sanitariya-epidemiologiya va jamoat salomatligini ta’minlash maqsadida xavf-xatarlarni barvaqt aniqlashni ta’minlash, baholash va bartaraf etish uchun kelib chiqishi oziq-ovqat bilan bog‘liq kasalliklar ustidan milliy monitoringlar olib borish va muvofiqlashtirish; o‘ta xavfli yuqumli infeksiyalar bo‘yicha epidemiologik nazorat olib borish hamda profilaktik va epidemiyaga qarshi kompleks tadbirlarini o‘tkazish; turli ijtimoiy guruhlarni qamrab olgan holda, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uchun sanitariya-gigiyenik o‘qitishni tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘tkazish; sohaga oid statistik ma’lumotlarni yuritish, to‘plash, tahlil qilinishiga uslubiy rahbarlik qilish, aholi salomatligiga salbiy ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash maqsadida, zarur tekshirishlar va so‘rovlar o‘tkazish; sohaning joriy va kelgusidagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda, kadrlarni o‘qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni  tashkillashtirish; Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarni amalga oshirish, soha yo‘nalishlari bo‘yicha hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalarga yechim topishga yo‘naltirilgan tashkiliy-huquqiy va moliyaviy chora-tadbirlar, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, fuqarolarning tizimli muammolarini hal etish, tadbirkorlik faoliyatini xar tomonlama qo‘llab-quvvatlash. 2.2 Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

  1. a)aholining sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi sohasida hududiy davlat boshqaruvi organlari, korxona va tashkilotlarning faoliyatini samarali muvofiqlashtirish va ular bilan hamkorlik qilishni ta’minlash sohasida:

hududiy davlat boshqaruvi organlari, korxona va tashkilotlar bilan hududlarda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, jumladan karantin, o‘ta xavfli va boshqa infeksiyalarning kirib kelishi va xavfli tovarning O‘zbekiston Respublikasi chegara punktlaridan olib o‘tilishida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlaydi; Davlat veterinariya qo‘mitasi bilan kasallik keltirib chiqaruvchi manbalarni yo‘q qilishga, antroponoz va zooantroponoz infeksiyali va parazitar kasalliklar tarqalishining oldini olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshiradi.

  1. b)yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amaldagi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (SanQvaN) rioya qilinishi bo‘yicha belgilangan tartibda tekshirishlar o‘tkazish va sanitariya-epidemiologiya sohasida qonun buzilishlar bo‘yicha belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlik choralarini qo‘llash sohasida:

boshqarma hamda bo‘limlar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning amaldagi SanQvaNga rioya qilishlari ustidan o‘tkazilgan tekshirishlarni tahlil qiladi va muvofiqlashtiradi; mahalliy davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan, sanitariya-epidemiologiya sohasi bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi ustidan belgilangan tartibda laboratoriya va instrumental usullarini qo‘llagan holda davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratini (keyingi o‘rinlarda-nazorat) amalga oshiradi; aholiga tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’ektlarida tekshiruvlar o‘tkazadi; nazoratdagi ob’ektlarning ishchi-xodimlarini majburiy, dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish tartibi va davriyligiga rioya etilishini tahlil qilib boradi; nazorat ob’ektlarida o‘tkir va surunkali kasb kasalliklarining kelib chiqish holatlari ustidan nazorat qiladi; yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan umumiy ovqatlanish ob’ektlarida ratsional va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etilishi ustidan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarning bajarilishini nazorat qiladi; yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ionlashtiruvchi va ionlashtirmaydigan nurlanish, shovqin, tebranish va inson salomatligi hamda atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan boshqa fizik omillar bilan ishlashda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishini nazorat qiladi; yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sanitariya-epidemiologiya sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni rasmiy veb-saytida va ommaviy axborot vositalarida yoritadi.

  1. d)oziq-ovqat xom ash’yosi va iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va sotish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ob’ektlar faoliyatida asoslangan me’yor va standartlar talablariga rioya qilinishi ustidan tasdiqlangan metodologiyalar asosida nazorat olib borish va muvofiqlashtirish sohasida:

oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va sotish jarayonlaridagi sanitariya-epidemiologik holatlarni nazorat qiladi va mahsulotlarning xavflilik darajalarini mezonlari bo‘yicha tasniflaydi; oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish holatlari bo‘yicha epidemiologik surishtiruvlar o‘tkazadi va bu haqda belgilangan tartib bo‘yicha xabar beradi  va tarqalib ketishini oldini olishga qaratilgan epidemiyaga qarshi va sanitariya-gigiyenik tadbirlarni o‘tkazadi.

  1. e)xizmatlar ko‘rsatish va mahsulotlar ishlab chiqarish xavfsizligiga qo‘yiladigan sohaga oid majburiy talablar bo‘yicha maxsus ekspertizalar o‘tkazish sohasida:

huquq-tartibot organlari so‘rovlari asosida xizmatlar va mahsulotlarning xavfsizligi bo‘yicha tegishli ekspertizalar o‘tkazadi.

  1. f)yuqumli, parazitar, shuningdek yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning yuzaga kelishi va tarqalishini oldini olishga qaratilgan epidemiyaga qarshi va sanitariya-gigiyenik tadbirlarni tashkillashtirish va amalga oshirish sohasida:

hududlarga karantin va o‘ta xavfli, yuqumli va parazitar kasalliklarning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha sanitariya-gigiyenik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni o‘tkazadi va nazorat qiladi; yuqumli kasalliklarning immuno-profilaktikasi sohasida aholi orasida o‘tkaziladigan profilaktik emlashlarning muddatlari, sifati va samaradorligini  nazorat va tahlil qiladi; yuqumli va parazitar kasalliklar o‘choqlarida surishtiruv ishlarini tashkil etadi, sanitariya-gigiyenaga oid va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirilishi ustidan nazorat qiladi; emlashda ishlatiladigan vaksinalarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlaydi, olib kelish joylarga yetkazishda sovuqlik zanjiriga rioya qilishni va xavfsiz immunizatsiyani tashkillashtiradi; boshqariluvchi yuqumli kasalliklar bo‘ycha epidemiologik nazorat olib borish, poliomielit va qizamiq bo‘yicha ozod hudud statusini ushlab turish hamda profilaktik rejali, mavsumiy va epidemiyaga qarshi chora tadbirlarni o‘tkazadi; profilaktik rejali, mavsumiy va epidemologik ko‘rsatma asosida ishlatiladigan vaksinalar bilan ta’minlash bo‘yicha buyurtmalar tayyorlaydi va ta’minlaydi; aholi yashash punktlarini rivojlantirish va yer uchastkalari ajratish bo‘yicha loyiha materiallarini, xo‘jalik va sanoat ob’ektlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini ko‘rib chiqishda va xulosa berishda ishtirok etadi; ob’ektlarni loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilishda, korxonalarni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashda, xavfli kimyoviy, radioaktiv moddalar, biologik vositalar va materiallarga tegishli gigiyenik xulosalar beradi; inson salomatligi va atmosfera havosi uchun zararli fizik omillar orqali ta’sir ko‘rsatuvchi ob’ektlarning ro‘yxatini va hisobini olib boradi.

  1. g)laboratoriyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish sohasida:

yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan SanQvaN rioya qilinishi bo‘yicha sanitariya-gigiyena, radiatsion, fizik omillar, bakteriologiya, virusologiya, parazitologiya va o‘ta xavfli kasalliklar laboratoriyalarida olingan (keltirilgan) namunalarda tahliliy tekshirishlar o‘tkazadi; laboratoriya tahlillari olib borish uchun diagnostikum, faglar, test sistemalar va boshqa vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha buyurtmalar tayyorlaydi va ta’minlaydi; tashqi muhit ob’ektlaridagi inson sog‘lig‘iga ta’sir qiluvchi omillar bo‘yicha tahlildan o‘tkazadi; bakteriologik, virusologik, parazitologik va boshqa o‘ta xavfli kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilarini aniqlash bo‘yicha tahlillar olib boradi.

  1. h) inson salomatligiga ta’sir etuvchi xavfli omillar bo‘yicha tizimli monitoringlarni tashkil qilish, amalga oshirish, tahlil qilish va tegishli hisobotlar yuritish sohasida:

inson salomatligiga ta’sir etuvchi xavfli omillarni aniqlaydi, tizimli monitoringlar olib borishni tashkil qiladi va amalga oshiradi; o‘tkazilgan monitoringlar natijalarini tahlil qiladi hamda umumlashtirilgan hisobot yuritadi.

  1. i)yuqumli va parazitar kasalliklarning yuzaga kelishi va tarqalishini oldini olishga qaratilgan o‘choqli dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya tadbirlari o‘tkazilishini tashkil qilish, amalga oshirish va muvofiqlashtirish sohasida:

yuqumli va parazitar kasalliklarning yuzaga kelishini oldini olishga va kamaytirishga, ularning yuqish yo‘llari va omillariga ta’sir ko‘rsatishga, shuningdek texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan epidemiologik asoratlar oqibatlarini tugatishga qaratilgan o‘choqli dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya tadbirlar o‘tkazilishini tashkil etadi va o‘tkazadi; o‘choqli dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya tadbirlar o‘tkazilish bo‘yicha vositalar bilan ta’minlaydi.

  1. j)sanitariya-epidemiologiya va jamoat salomatligini ta’minlash maqsadida xavf-xatarlarni barvaqt aniqlashni ta’minlash, baholash va bartaraf etish uchun kelib chiqishi oziq-ovqat bilan bog‘liq kasalliklar ustidan milliy monitoringlar olib borish va muvofiqlashtirish sohasida:

aholining turli guruhlari bo‘yicha ovqatlanish me’yor va ko‘rsatkichlarini baholaydi, aholining ovqatlanish sifati bilan bog‘liq bo‘lgan salomatlik holatini o‘rganadi; noto‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklarning oldini olish tadbirlarini o‘tkazadi, aholining sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda keng targ‘ibot ishlarini tashkil qiladi va o‘tkazadi; tibbiyot muassasalari va uyushgan bolalar ta’lim ob’ektlarida ratsional ovqatlanish holatlarini o‘rganadi va muvofiqlashtiradi; mahalliy ishlab chiqariladigan va xorijdan keltirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va oziq-ovqat xom ashyosining sanitariya-epidemiologik xavfsizligini nazorat qiladi; oziq-ovqat mahsulotlari bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklarni oldini olish maqsadida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqish, saqlash, tashish va savdosi bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda nazorat qiladi; ommaviy ovqatdan zaharlanish va oziq-ovqat mahsulotlari orqali yuzaga keladigan yuqumli kasalliklarni ro‘yxatga olish bo‘yicha elektron ma’lumotlar yuritadi, ularni erta aniqlash va xavflarni bartaraf etish choralari ko‘radi.

  1. k)o‘ta xavfli yuqumli infeksiyalar bo‘yicha epidemiologik nazorat olib borish hamda profilaktik va epidemiyaga qarshi kompleks tadbirlarini o‘tkazish sohasida:

o‘ta xavfli yuqumli infeksiyalar bo‘yicha epidemiologik surishtiruvlar olib boradi hamda  sanitariya-gigiyenik va epidemiyaga qarshi tadbirlar o‘tkazadi; aholini karantin va o‘ta xavfli kasalliklar epidemiyalaridan muhofaza qilish masalalari bo‘yicha belgilangan tartibda nazorat olib boradi.

  1. l)turli ijtimoiy guruhlarni qamrab olgan holda, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uchun sanitariya-gigiyenik o‘qitishni tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘tkazish sohasida:

fuqarolarni gigiyenaga oid o‘qitish va tarbiyalash borasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanadi; faoliyati oziq-ovqat xom ashyosi, oziq-ovqat mahsulotlari, ichimlik suvi va kimyoviy moddalarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va sotish, aholiga maishiy va kommunal xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan xodimlarni, shuningdek, tibbiyot, ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishga qo‘yishdan oldin va ish faoliyati davomida to‘lov-kontrakt asosida sanitariya-gigiyena bo‘yicha ta’lim berilishini tashkil qiladi va amalga oshiradi; sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va aholining sanitariya bo‘yicha savodxonligini oshirish maqsadida maxsus materiallar va dasturlar asosida ommaviy axborot vositalarida chiqishlar va boshqa targ‘ibot ishlarini o‘tkazadi.

  1. m) sohaga oid statistik ma’lumotlarni yuritish, to‘plash, tahlil qilinishiga uslubiy rahbarlik qilish, aholi salomatligiga salbiy ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash maqsadida zarur tekshirishlar va so‘rovlar o‘tkazish sohasida:

boshqarma va bo‘limlar faoliyatga bog‘liq barcha statistik ma’lumotlarni to‘playdi, umumlashtiradi va tahlil qiladi hamda belgilangan muddatlarda Qo‘mitaga taqdim etadi; aholining salomatlik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash maqsadida zarur tekshirishlar va so‘rovlar o‘tkazadi.

  1. n)sohaning joriy va kelgusidagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda, kadrlarni o‘qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkillashtirish sohasida:

boshqarma va bo‘limlarning mutaxassislarini o‘qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni rejalashtiradi va o‘rnatilgan tartibda tashkillashtiradi; boshqarma va bo‘limlarda kadrlar zahirasini shakllantiradi;

  1. o)Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarni amalga oshirish, soha yo‘nalishlari bo‘yicha hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalarga yechim topishga yo‘naltirilgan tashkiliy-huquqiy va moliyaviy chora-tadbirlar, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, fuqarolarning tizimli muammolarini hal etish, tadbirkorlik faoliyatini xar tomonlama qo‘llab-quvvatlash sohasida:

budjet mablag‘laridan maqsadli va oqilona foydalanadi; energiyani tejaydi, uning samaradorligini oshiradi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng jalb qiladi; davlat-xususiy sheriklik va autsorsing mexanizmlarini keng joriy qiladi; tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashadi, davlat xizmatlari ko‘rsatishning zamonaviy modeldarini takomillashtiradi; xorijiy investitsiya, dasturiy grant va texnik ko‘mak mablag‘larini jalb etadi; korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan  sohalarda uning rivojlanish sabablari va shartlarini o‘rganish asosida ushbu sohalarning har biriga “tashxis qo‘yadi” hamda korrupsiya omillarini bartaraf etadi; sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etadi va ish jarayonini raqamlashtiradi. Sanitariya-epidemiologiya va jamoat salomatligi sohasidagi qonun hujjatlariga muvofiq ravishda boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.   3-bob. Boshqarmaning huquqlari va javobgarligi

  • Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga egadir:

davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatida sanitariya-epidemiologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini o‘rganish; davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga sanitariya-epidemiologiya sohasida aniqlangan huquqbuzarliklar, ularga imkon beruvchi omillar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish; sanitariya-epidemiologiya sohasidagi qonun hujjatlarining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida mansabdor shaxslarni yozma ravishda ogohlantirish; yuridik va jismoniy shaxslarga ob’ektlarda yo‘l qo‘yilgan huquqbuzarliklarni bartaraf qilish uchun majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish; karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida epidemiyaga qarshi kurashish qoidalarini buzishga oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan tegishli asosli ravishda karantinda saqlash yoki davolanish tarzidagi tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash; yuqumli va parazitar kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida, xo‘jalik va boshqa faoliyatlarning alohida tartibini, aholi, transport vositalari, yuklar va (yoki) tovarlar harakatlanishining cheklanishini nazarda tutadigan karantin chora-tadbirlarini amalga oshirish; inson hayoti va salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘diruvchi yuqumli kasalliklar tarqalishi yoxud texnogen yoki tabiiy xususiyatga ega halokatlar sodir bo‘lishining real xavfi vujudga kelganda mulkchilik shaklidan qat’iy nazar ob’ektlarda maqsadli tekshirishlar o‘tkazish; favqulodda vaziyatlarda, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sog‘lig‘i uchun boshqa haqiqiy xavf yuzaga kelganda, ommaviy zaharlanish va guruhli kasalliklar qayd etilganda (davolash muassasasi xabari, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari va boshqa hollarda) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazish; oziq-ovqat xom ashyosi va iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va sotish faoliyati ustidan inspeksion nazorat o‘tkazish; davlat organlari va mansabdor shaxslardan boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va axborotlarni, shu jumladan statistik ma’lumotlarni so‘rash va bepul olish; o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan ro‘yxat va tariflarga muvofiq pullik xizmatlar ko‘rsatish; o‘z vakolati doirasida konferensiyalar, seminarlar o‘tkazish hamda boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilayotgan shunday tadbirlarda ishtirok etish; sanitariya-epidemiologiya masalalari sohasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish; sohaga taalluqli masalalarni ko‘rib chiqishda Hay’at yig‘ilishlarida ishtirok etish; boshqarma xodimlarini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 3.2 Boshqarma: sanitariya-epidemiologiya va jamoat salomatligi sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishi; yuklangan vazifalar va funksiyalarning o‘z vaqtida hamda to‘liq bajarilishi; Boshqarma va tegishli bo‘limlar faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash ishlarini tashkil etilishi; sanitariya-epidemiologiya va jamoat salomatligi sohasini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan dasturlar, ish rejalari, tadbirlar, yo‘l xaritalari va boshqa dasturiy hujjatlarning amalga oshirilishi bo‘yicha javobgar hisoblanadi.   4-bob. Boshqarma faoliyatini tashkil etish 1-§. Boshqarmaning faoliyatini tashkil etish

  • Boshqarmaga Qo‘mitasi raisi – O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan Boshqarma boshlig‘i – (bir vaqtda tegishli hududning Bosh davlat sanitariya vrachi) rahbarlik qiladi.
  • Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi bilan kelishilgan holda Boshqarma boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

  2-§.Boshqarma rahbarlarining funksional majburiyatlari

  • Yuklangan vazifalarga muvofiq Boshqarma rahbarlari quyidagi funksional majburiyatlarni bajaradi:
  1. a) boshqarma boshlig‘i:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etadi; Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari va bo‘lim boshliqlarining faoliyat yo‘nalishlari va uchastkalariga rahbarlik qilish bo‘yicha vakolatlarini va shaxsiy javobgarligi darajasini belgilaydi; o‘z vakolatlari doirasida boshqarma xodimlari va tuman (shahar) bo‘limlari uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi; belgilangan tartibda ishga qabul qilish va boshqarma xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilish ishlarini amalga oshiradi, shuningdek, ularning samarali mehnat qilishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi va kadrlar zaxirasini shakllantiradi; boshqarma xodimlarining lavozim yo‘riqnomalari va bo‘limlarning nizomini tasdiqlaydi; “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi; Boshqarma o‘zining “Maxsus jamg‘arma”sini (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etadi va uning faoliyati uchun javob beradi; Boshqarma va bo‘limlar faoliyatini rejalashtiradi, ish rejalarini tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi; qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

  1. b)Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari:

Boshqarmaga yuklangan vazifalarni bajarishda tegishliligi bo‘yicha boshqarma va bo‘limlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va ko‘rsatmalar beradi; o‘zining bo‘ysinuvidagi bo‘linmalar faoliyatiga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi; Boshqarma boshlig‘iga mavjud lavozimlarga nomzodlar kiritadi; o‘zining bo‘ysinuvidagi bo‘linmalar mutaxassislarini qayta tayyorlash, malakasini oshirish, rag‘batlantirish yoki intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi takliflarni kiritadi. 3-§. Boshqarma rahbarlarining javobgarligi 4.4  Boshqarma boshlig‘i: ushbu nizom hamda boshqa qonun hujjatlari bilan o‘ziga yuklangan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi, shuningdek, boshqarma va bo‘limlar ishidagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilishi; amalga oshirilayotgan dasturlar, strategiyalar va konsepsiyalar bo‘yicha kutilgan natijalarga erishilishi; jamoa tomonidan ijro intizomiga to‘liq rioya etilishi uchun javob beradi.

  • Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari:

tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha topshiriqlarni o‘z vaqtida va to‘laqonli bajarilishi; rahbarligi yo‘nalishlari bo‘yicha yuklatilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash uchun ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi va natijadorligi uchun javob beradilar.   4-§. Boshqarmaning boshqa hududiy boshqarmalar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi

  • Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bevosita hududiy Sog‘liqni saqlash boshqarmasi va uniing tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
  • Boshqarma ma’muriy hududda sodir bo‘ladigan turli epidemik va texnogan holatlarda tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirilishida mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqarmalar, idoralar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.

5-§. Boshqarmaning Sanitariya-epidemiologiya kengashi

  • Hududda sanitariya-epidemiologiya sohasidagi muammolar, vazifalar va olib borilayotgan tadbirlarning natijalari va boshqa muhim masalalarini muhokama qilib, tegishli choralar belgilab borish maqsadida boshqarmada boshqarma boshlig‘i rahbarligida Sanitariya-epidemiologiya kengashi tashkil etiladi.

Sanitariya-epidemiologiya kengashi nizomi, a’zolar soni va shaxsiy tarkibi boshqarma boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi.   5-bob. Boshqarma faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari

  • Boshqarma tomonidan hududiy bo‘limlar faoliyatining samaradorligi va natijadorligi baholash mezonlari va ish indikatorlari asosida muntazam baholanib boriladi.

Bo‘limlarning faoliyat samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari bo‘yicha rahbar va xodimlarni rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy choralar qo‘llash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari ko‘riladi.   6-bob. Boshqarmani moliyalashtirish va moddiy-texnika bazasini ta’minlash, xodimlarning mehnatiga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish

  • Boshqarmani moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, shu jumladan xodimlarining mehnatiga haq to‘lash Davlat budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
  • Quyidagilar qo‘shimcha mablag‘larini shakllantirish manbalari etib belgilanadi:

faoliyat turi bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan; budjet tashkilotlari tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mol-mulkini boshqa tashkilotlarga ijaraga berishdan; yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotlariga homiylik (beg‘araz) yordami berilishidan qo‘shimcha daromadlar; qonun hujjatlari bilan ta’qiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi. 6.3 Qo‘shimcha mablag‘laridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi: Boshqarma xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy ta’minlash, shu jumladan uy-joyni ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash, shuningdek, xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish; boshqarmaning farmoyish berish va boshqarish funksiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash; boshqarmaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. 6.4 Boshqarma xodimlarining ish haqi lavozim maoshidan, ko‘p yil xizmat qilganligi uchun ustama haqlardan, dam olish va bayram kunlari uchun to‘lovlar, boshqa ustama, qo‘shimcha haqlar va qonunda nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan iborat bo‘ladi.   7-bob. Boshqarmaning hisobdorligi

  • Boshqarma tizimli ravishda o‘zining faoliyati bo‘yicha Qo‘mitaga oylik, choraklik va yillik  hisobotlar beradi.
  • Boshqarma boshlig‘i boshqarma xodimlari va bo‘lim rahbarlariga yuklangan vazifalarning to‘laqonli bajarilishi bo‘yicha ularning faoliyati yuzasidan muntazam monitoring olib boradi va xolisona baho beradi.

monitoring va baholash yakunlari bo‘yicha alohida o‘rnak ko‘rsatgan rahbarlar va xodimlar rag‘batlantiriladi yoxud yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan intizomiy choralar qo‘llaydi.   8-bob. Yakunlovchi qoidalar Ushbu nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.