Uy o’choqlarida joriy dezinfektsya tadbilarini tashkil etish va o’tkazish

Yuqumli kasalliklar, sil, difteriya, skarlatina, qorin tifi va paratif, salmonellyoz, dizenteriya, kolienterit, poliomielit, virusli gepatit A, gripp va boshqa o’tkir respiratorli infektsiyalar, qo’tir, zamburug  kasalliklari bilan kasallangan bemor uy sharaitida davo olish davomida shartli ravishta joriy dezinfeksiya o’tkazilishi kerak.

Yuqumli kasalliklar bilan kasallangan bemorni uyda davolanish uchun qoldirishning har bir holati sanitariya-epidemiologiya xizmatining epidemiologiya bo’limining epidemiologi bilan kelishilgan bo’lishi kerak, u tibbiy xodimlarga tadbirlarning davomiyligi va hajmi bo’yicha ko’rsatma beradi, maxsus taqdimnoma qoldiradi.

Epidemiolog shifokor oila azolariga va davolovchi shifokor, tibbiyot xodimga bemor tuzalguncha quyidagi tadbirlarni amalga oshirish kerakligi haqida tushuntiradi, ko’rsatma beradi.

  • bemorni alohida xonada yoki uning o’ralgan qismida izolyatsiya qilish, bolalar bilan aloqa qilishni istisno qilish, bemor bilan aloqa qilish mumkin bo’lgan narsalar sonini cheklash, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish
  • alohida to’shak, sochiqlar, ro’molchalar, parvarishlash buyumlari, ovqat va ichimliklar uchun idishlarni alohida ajratish. Bemorlarni parvarish qilish uchun idishlar va buyumlar oila a’zolarining idishlaridan alohida saqlanadi va zararsizlantirish ishlari olib boriladi.
  • oila a’zolarining choyshablaridan alohida saqlash va yig’ish va yuvishdan oldin uni oldindan zararsizlantirish kerak.

Uyda yuqumli kasallik o’chog’ida olib borilayotgan dezinfeksiya to’g’risidagi ma’lumotlar, epidemiologiya bo’limining epidemiologi tomonidan nazorat qilish uchun dezinfeksiya bo’limiga o’z vaqtida berilishi kerak. Har bir uy o’choqlaridan laborator usulda 10 surtma bakteriologik tekshirish uchun, 2 proba kimyoviy usulda tekshirish uchun olinadi.  Uy sharoitida muntazam dezinfeksiya qilish uchun dezinfektsiyalash vositalarni ambulator poliklinikalar ularni aholiga bepul taqdim etadi.Bemorning uyda davolanish uchun qoldirilgan o’choqqa har bir tashrifida davolovchi shifokor, tibbiyot xodimi dezinfektsiyali eritmalarni to’g’ri tayyorlash va ulardan foydalanish, dezinfektsiyalash vositalarining mavjudligi va to’g’ri saqlash haqida tushintiradi va nazoratga oladi.Bemor tuzalib ketgandan so’ng, davolovchi shifokor yakuniy dezinfeksiya qilish uchun dezinfeksiya bo’limiga malumot beradi.Dezinfeksiya bo’limi hodimlari tamonidan o’choqta yakuniy dezinfeksiya o’tkaziladi.

Dezinfeksiya bo’limi mudiri G.Seytbaeva