Qoraqalpog‘iston Respublikasida tibbiyot xodimlarini virusli gepatit “B”ga qarshi emlash tadbirlari o’tkazilmoqda

Barcha davlat davolash-profilaktika muassasalarida qon va qon mahsulotlari bilan bevosita ishlaydigan tibbiyot xodimlarini (emlashga mone’liklari bor bo‘lganlar bundan mustasno) virusli gepatit “B”ga qarshi emlash tadbirlarining uchinchi bosqichi (uchinchi doza bilan emlash ishlari) bilan qamrab olish ishlari Qoraqalpog’iston Respublikasida 2023 yilning 15 fevralida belgilangan tartibda emlash ishlari o’tkazilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasida belgilangan tibbiyot xodimlariga emlash tadbirlarini amalga oshirishda davolash profilaktika muassasalarida jami 51 ta emlash punktlari tashkil etilib, ulardagi emlash brigadalarida 53 nafar shifokor, 74 nafar o‘rta tibbiyot xodimlari va 69 nafar kichik tibbiyot xodimlari faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari emlashdan keyingi asoratlarni davolash uchun 43 ta bemor o‘rin tashkil etilgan. Emlash tadbirlarini “Yuqumli kasalliklar immunoprofilaktikasi” Sanitariya qoida va me’yorlari talablari asosida amalga oshirish, davolash-profilaktika muassasalariga immunizatsiya tadbirlarini tashkillashtirishda muntazam amaliy-uslubiy yordam berib borish, vaktsinalarni saqlash va etkazish ishlarida “sovuqlik zanjiri” qoidalariga rioya etilishini, emlash xavfsizligini ta’minlash yuzasidan epidemiologik monitoring o‘tkazish, emlashdan keyingi yuz berishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya va noxush holatlarni o‘z vaqtida va to‘liq ro‘yxatga olish ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi va uning hududiy bo’limlari tomonidan nazoratga olindi. Immunizatsiya tadbirlari davom ettirilmoqda.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi epidemiologiya bo‘limi epidemiolog vrachi: M.Turımbetov.