Ovqatdan ommaviy zaharlanish va botulizm kasalligini oldini olishga qaratilgan navbatdagi nazorat-profilaktika tadbirlar

Qoraqalpog’iston Respublikasi FVB Radiatsion, kimioviy va tibbiy-biologik muqafazani tashkil etish bo’limi va Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Nukus shahrida ovqatdan ommaviy zaharlanish va botulizm kasalligini oldini olishga qaratilgan navbatdagi nazorat-profilaktika tadbirlari Nukus  markaziy dexqon bozorida olib borildi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, bozor hududida faoliyat olib borayotgan sotuvchilar va tadbirkorlarni mavzu doirasida qamrab olish, ularga botulizm kasalligini keltirib chiqaruvchi omillar haqida ko‘proq ma’lumot berish va kasallik oqibatlari to‘g‘risida tushuntirish ishlarini tashkil etish, qolaversa bozor ma’muriyati ishtirokida istemolga yaroqsiz mahsulotlarni sotuvdan chetlashtirishdan iboratdir.

Shu o’rinda fuqarolardan nomalum sharoitda tayyorlangan, sifat sertifikatiga ega bo’lmagan, yaroqlilik muddati ko’rsatilmagan oziq-ovqat maxsulotlari hamda ichimliklarni sotib olmaslikni va istemol qilmasliklarini so’rab qolamiz.