Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi tomonidan MASOFAVIY TA’LIM kurslari tashkil qilinmoqda.

Bugungi kunda ta’lim taraqqiyoti juda tez rivojlanmoqda va o’zgarmoqda. Deyarli har daqiqada sayyoramizning turli burchaklarida o’zgarishlar, yangilanishlar sodir bo’lib, har bir kunimiz kuchli axborot oqimi ostida kechmoqda. Internetning imkoniyatlari kundan-kunga oshib bormoqda. Internetdan foydalanishning yangi bosqichi boshlandi, ya’ni Internet turli sohalarga tadbiq qilindi. Internet texnologiyalari-masofadan o’qitish, elektron kutubxonalar, teleshifoxona, telemetrologiya, elektron tadbirkorlik, internet magazinlar va boshqalar.
Shu qatori Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan onlayn tashkil etilayotgan MOODLE tizimi orqali masofaviy ta’lim kurslari xaqida ZOOM platformasi orqali tushuntirishlar berib o’tildi.
Ushbu ta’lim turi dunyo miqyosida keng qo’llanilib samara berib kelayotganligini inobatga oladigan bo’lsak, masofaviy ta’limning o’ziga xos texnologiyaviy turlari va ushbu ta’lim shaklini tashkil etishdagi ishtirokchilari mavjud. Masofaviy ta’limning asosiy texnologiyalariga qo’yidagilarni kiritish mumkin: Interaktiv texnologiyalar:
• internet masofaviy ta’lim portali;
• video va audio konferentsiyalar;
• elektron pochta orqali ta’lim olish;
• internet orqali mustaqil ta’lim olish;
• uzoqdan boshqarish tizimlari;
• onlayn simulyator va uquv dasturlarining mavjudligi va boshqalar

Tashkiliy nazorat va axborot tahlil bo’limi mutaxassisi:           B.Djanibekov