Qo’tir kasalligi va uning tarqalishining oldini olish chora tadbirlari

Qo’tir (lot. scabies, rus. chesotka) — qo´tir kanasi chaqiradigan va qichish bilan xarakterlanadigan terining parazitar kasalligidir. Kasallikning quzgatuvchisi qo´tir kanasi hisoblanadi, bunda kanalar teri ichida parazitlik qilishi bilan birga, teri tashqarisida ham faoliyat kursatishi mumkin. Qo´tir kanalari turli jinsli parazitdir, kanalar 30-45 kun umir kuradi, ammo mana shu qisqa vaqit ichida 40-50 tagacha tuxum qo’yishga ulguradi.

  • Qo’tir kanasi kunduzi faol bo’lmaydi; urg’ochilar faqat kechki vaqt va tunda yuzaga chiqadi;
  • Kanaga xo’jayin terisiga kirib borishi uchun taxminan 30 daqiqa kerak;
  • Tashqi muhitda kana tezda vafot etadi (21 °C va 40-80% namlikda parazit 24-36 soat ichida halok bo’ladi), qanchalik issiq va quruqroq bo’lsa, shuncha tezroq; kana faolligi hatto undan oldin ham yo’qotiladi.

Kasallikning yuqishi aksariyat hollarda kasallik bemor bilan yaqin maishiy muloqatda bo’lganda, qo’l berib ko’rishganda, aniqroǵi bitta o’rin ko’rpadan foydalanilganda yoki bemor bilan yotganda yuqib qoladi. Bolalar ko’pincha kasal ota-onalari bilan bir to’shakda yotganda kasallanishadi. Qo’tir bilan kasallanish mavsumiy xarakterga ega. Rossiya va boshqa yaqin MDH mamlakatlarida bu kuz-qish mavsumidir. Kasallikdan dunyoda yosh bolalar ko’proq zarar ko’radi, bu ularning qo’zg’atuvchiga qarshi immuniteti yo’qligi va kasallanganlar terisi bilan tez-tez aloqa qilishi bilan bog’liq. Kasallikning xarakterli belgilari qichish va papulovezikulyoz toshma bo’lib, ba’zan toshmalarni qashish natijasida infektsiya tushishi sabab ikkilamchi yiringli elementlar qo’shilishi mumkin. Insonlarda qo’tirning yuqori darajada yuqimliligi qo’tir kanasining qisqa muddatda inson terisiga kirishi bilan tushuntiriladi. Ushbu vaqt oralig’i 15-20 daqiqani tashkil qiladi. Bemorlarning shifokorga murojat qilishiga majbur qiladigan asosiy subyektiv belgi bu terining qichishidir. Qichish oqshomga borib boshlanadi va kechasi avj oladi. Chunki bu vaqtda kanalar terini kovlayotgan bo’ladi. Kasallik zo’rayganda kechasi teri shu qadar qichiydiki, hatto bemor mijja qoqmay tonggacha qashinib chiqadi. Oqibatda bolalar injiq bo’lib qoladi, kattalarning esa mehnat qobiliyati nisbatan pasayadi. Tana terisi kunduzi deyarli qichimaydi, bemorlar reflex ravishda qashinadilar. Qo’tir kasalligining tarqalishining oldini olish chora tadbirlari. Bemorlarni faol aniqlash, kasallik ochog´ini va bemor bilan aloqa qilgan shaxslarni aniqlash. Qichima bilan kasallangan bemorlar statsiyonarga yotqizib davolash zarur.  Bemorning barcha oila azolari va u bilan aloqada bulgan shaxslarni tekshirish iloji borisha qisqa muddatlarda utkazilishi lozim. Oila azolari va bemor bilan yaqin аloqada bо´lgan shaxslarni 100% li sifatli tekshiruvdan utkazishga erishish zarur. Maktabda bemor oqigan sinifdagi bolalar, bolalar bog´chasi yoki yaslilarda hamma bolalar va barcha xizmat kursatayotgan hodimlar tekshiriladi. Bemor bilan aloqada bo´lgan shaxslarni dermatovenerolog 1,5 oy davomida 10 kunda 1 marta ko´rib turish kerak. Bolalar muassasalarida har kungi tibbiy ko´rik o´tkazilishi shart.  Qichima bilan kasallangan bemorlar to´liq statsiyonarga yotqizish zarur.   QR Sanepidboshqarmasi dezinfeksiya bo’limi mudiri     G.Seytbaeva